Joriy yilning 10-15 fevral kunlari Rossiya Federasiyasining “StroyKraft” va “Meros” qurilish korxonalari vakillari ushbu davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o`tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy telegram kanalida e`lon berildi.
Tanlovda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri aholisi xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishi mumkin.
Bo`sh ish o`rinlari:
- monolit;
- g`isht terish;
- tom yopish (krovelshik po rulonnm krovlyam);
- shtukatur-malyar;
- temir va beton konstruksiyalar montaji (montajnik po montaju stalnx i j/b konstruksiy);
- deraza va eshiklar montaji;
- plitkalarni o`rnatish (oblisovshik-plitochnik);
- durodgor (plotnik);
- slesar-santexnik;
- elektrik;
- elektro-gaz payvandlash;
- shamollatish tizimi montaji;
- gipsokartonshik;
- yordamchi ishchi (podsobny rabochiy);
- qo`ziqorin terish va h.k.
Tanlov o`tkaziladigan hududlar:
10-11 fevral kunlari – Sirdaryo viloyati Guliston shahri I.Karimov ko`chasi 35-uy (Aholi bandligiga ko`maklashish markazi binosi).
Murojaat uchun: 67 225-55-59
12-13 fevral kunlari – Jizzax shahri Beshyog`och ko`chasi 77-uy (Jizzax arxitektura va qurilish kolleji binosi).
Murojaat uchun: 72 226-91-97, 72 226-91-87
14-15 fevral kunlari – Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun Toshkent shahri Yashnobod tumani Parkent ko`chasi 331-uyda (“Ishga marhamat” monomarkazi) o`tkaziladi.
Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 39), 55 900-33-10
Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.






