AsosiyJamiyat

G`ijduvonda o`z uyida foxishaxona ochgan ayol aniqlandi

'G`ijduvonda o`z uyida foxishaxona ochgan ayol aniqlandi'ning rasmi

2021 yilning 3 fevral kuni soat 20:30larda G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan navbatdagi “Oriyat” maxsus tezkor profilaktik tadbir o`tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Tadbir davomida, tumanning F.Xo`jaev mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan yakka tartibda ishlovchi M.M. (ism sharifi o`zgartirilgan) o`zi istiqomat qilib kelayotgan xonadonida g`arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo`lish evaziga, Ch.Ch.. bilan P.P. (ism sharifi o`zgartirilgan) larning  jinsiy  aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga ulardan 100.000 (yuz  ming) so`m naqd pul olib, foxishaxona tashkil qilganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar