Qashqadaryo viloyat Mirishkor tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdievning xabar berishicha, tumanning olis hududi hisoblangan Bo`ston mahallasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi to`g`risidagi PF-5386-sonli Farmoni, 2018 yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4201-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimining 2018 yil 3 apreldagi 432/05-sonli qaroriga asosan tubdan yangilanmoqda.
Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanaev bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan Qashqadaryo IIB YHXB, "Qashqadaryo HET" AJ, “Hududgazta`minot” va boshqa boshqarmalar rahbarlari tanishdilar.
Dastur ijrosi bo`yicha doimiy asosda faoliyat ko`rsatuvchi tuman hokimligida hamda Bo`ston qishloq fuqarolar yig`ini binosida shtab tashkil qilinib, har bir xonadon va ko`chani obod hamda ko`rkam qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etilib ishlar boshlab yuborildi.
-Qishloq fuqarolar yig`inlarida aholi xonadonlari to`liq xatlovdan o`tkazildi.
-Bo`ston mahallasidagi ichimlik suv qabul qilish inshootida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
-Bo`ston mahallasidagi 16-sonli 400 o`rinli maktab binosini qayta ta`mirlash uchun ishlari rejalashtirilgan.
-Bo`ston mahallasidagi 10-sonli maktabgacha ta`lim muassasasini kapital ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan.
-Ichki xo`jalik avtomobil yo`llarining 4,0 km qumli yo`l qismi toshli yo`lga aylantirish uchun avtogredir qilinib tosh hamda shag`al to`kildi. Hozirda qurilish ishlarini 8 ta texnika amalga oshirmoqda.
-Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan transformatorlar ko`zdan kechirilib, singan apora hamda eskirib qolgan sep provoda liniyalari almashtirilmoqda. Yangi zamonaviy elektr hisoblagichlar 100% o`rnatildi.
-Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan har bir xonadon va ko`chani obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish maqsadida obodonlashtirish tadbirlarini o`tkazilmoqda.
-Bundan tashqari ko`chalarni tartibga keltirish, obodonlashtirish ishlarini olib borish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlarini amalga oshirilmoqda.
-Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan (boquvchisini yo`qotgan, kambag`al, nogiron va h.k) 10 ta oilalarning uylarini ta`mirlash uchun mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlar borib o`rganildi.
- Tuman Qurilish bo`limi tomonidan 4 ta ko`chaga chiqindilar uchun maxsus joy ajratish va maxsus konteynerlar o`rnatish choralari ko`rilmoqda.
-Har haftaning shanba kuni mahallada “Tozalik va obodonlashtirish kuni” tashkil etish va o`tkazish bo`yicha mahalla oqsoqollari va raisi tomonidan fuqarolar bilan suhbatlar o`tkazilmoqda.






