Sayxunobod tumani IIB boshlig`i o`rinbosari S.B fuqaroni bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, fuqaro S.X o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlarni (maktab hisobidagi ko`mir mahsulotini talon-taroj qilinishi bilan bog`liq) kelgusida tergov va sud organlariga o`tkazmaslik va hujjatlarni yo`q qilishi evaziga pora taklif qilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabarida yozilgan.
2021 yil 5 fevral kuni soat 14:10larda, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Sirdaryo viloyati bo`yicha bo`limi, viloyat IIB KvaIJQKB, EKB hamda departamentning Sayxunobod tumani bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida joylashgan “Jismoniy tarbiya va sport bo`limi” ma`muriy binosining oldida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, 3.900.000 so`mni pora tariqasida xodimning Matiz rusumli 20* J 477 DA davlat raqam belgili avtomashinasining bordachok qismiga qo`ygan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro S.Xga Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.






