Rossiya muxolifati mamlakatda “Sevgi qo`rquvdan ustun” shiori ostida yangi namoyishlar o`tkaziladi. Bu haqda kecha, 9 fevral kuni Aleksey Navalniyning mintaqaviy shtab-kvartirasi rahbari Leonid Volkov o`zining Telegram kanalida ma`lum qildi.
Xabar qilinishicha, Leonid Volkov rossiyaliklardan 14 fevral kuni uylaridan chiqib, telefon chiroqlari yoki sham yoqib, bir necha daqiqa turishni iltimos qilgan.
“Chiroqlardan yurak shaklini hosil qiling. Har holda, 14 fevral! Keyin ushbu yurak shaklini yuqoridan, kvartiralardan birida turib suratga oling va Instagram’ga joylashtiring. Shunday qilingki, ijtimoiy tarmoq sahifalari Rossiyaning o`nlab shaharlaridagi minglab shunday yonayotgan yuraklar bilan to`lib ketsin”, deb yozgan Volkov.
Shu bilan birga, Volkov bahorgacha boshqa mitinglar rejalashtirilmayotgani va o`tkazilmasligini ma`lum qilgan.
“Xodimlar va shtab-muvofiqlashtiruvchilarning aksariyati hibsga olinganligi sababli namoyishni tashkil qiladigan odamning o`zi yo`q”, deya takidlagan Volkov.