Bugun, 11 fevral kuni Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan 6 nafar yurtdoshimiz Moskva – Toshkent yo`nalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari profilaktik tadbirlarni o`tkazdi hamda ularga moddiy yordam pullari berilib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qo`yildi.






