AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimining birinchi o`rinbosari tayinlandi

'Andijon viloyati hokimining birinchi o`rinbosari tayinlandi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimining moliz, iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga Tursunov Otabek Ravshanbek o`g`li tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar bermoqda. 

Ma`lumot o`rnida:

  • Tursunov Otabek Ravshanbek o`g`li 1984 yilda Andijon shahrida tug`ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
  • Mehnat faoliyatini 2004 yili Andijon viloyati Andijon shahar Sanoat qurilish temp mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`minotchisi vazifasidan boshlagan.
  • 2007-2010 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Banklar ma`lumotlari asosida soliq to`lovchilarning byudjet bilan munosabatlarini tahlil qilish sho``basi davlat soliq inspektori bo`lgan.
  • 2012-2014 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshkarmasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan.
  • Tayinlovga qadar Tursunov Otabek Ravshanbek o`g`li, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i bo`lgan.
  • Andijon viloyati hokimligi Tursunov Otabek Ravshanbek o`g`lini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.

    Boshqa yangiliklar