AsosiyJamiyat

«Oliy ta`lim muassasasida hammasi isloh bo`ladi, bizga atigi 3 oy kerak» — Abduqodir Toshqulov

'«Oliy ta`lim muassasasida hammasi isloh bo`ladi, bizga atigi 3 oy kerak» — Abduqodir Toshqulov'ning rasmi

Bu haqda oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov yopiq tarzda o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilgan. 

Uning audiosi ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilindi.  «Uch oydan keyin rektor iloji boricha qo`liga qog`oz ushlamaydi, elektron bo`ladi. Elektron imzo bilan ketadi. Umuman oliy ta`lim muassasasida nima yoqmagan bo`lsa, nimadan qiynalgan bo`lsa, nima erish tuyulgan bo`lsa hammasi isloh bo`ladi. Bizga atigi uch oy kerak bo`ladi», — degan Toshqulov. «Vazirlik bilan integrasiya juda past va sust. Vazirlik OTMlar ahvolini so`rab turadi, kerak bo`lsa har kuni axborot berasizlar. Vaziyat qanday, COVID bilan kasallanganlar yo`qmi, dars sifatida qanaqa, mahalliy hokimlikda nechta yig`ilish – bugundan monitoring qilamiz. Qaysi viloyatda qaysi OTMlarimiz bir haftada necha marta necha soat yig`ilishga borayapti, buni ham qonuniy hal qilib beramiz. Tizimni sal qaddini ko`tarib olish kerak»,— dedi vazir.

    Boshqa yangiliklar