AsosiyJamiyat

“Top kredit” savdo do`koniga 4 000 000 so`m to`lagan iste`molchi telefon ololmayotgan edi...

'“Top kredit” savdo do`koniga 4 000 000 so`m to`lagan iste`molchi telefon ololmayotgan edi...'ning rasmi

Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Soxiba Qilicheva tomonidan O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi “1091” ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda federasiya. 

Unda iste`molchi, S.Qilicheva o`z murojaatida bank krediti asosida 13 250 000 so`mga sotib olgan xo`jalik jihozlari ichidagi kir yuvish mashinasi nosoz chiqqanligi bois “Artel” servis markaziga murojaat qilgan, ammo murojaati e`tiborsiz qoldirilganligini aytib o`tgan.

Murojaat o`rganilishi natijasida kir yuvish mashinasi  bepul ta`mirlatib berildi. Oshxona mebeli ta`mirlab berildi.

Yana bir murojaat Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Shahnoza Ro`zieva o`z arizasida, Navoiy shahrida joylashgan “Top kredit” savdo do`koniga ikki dona qo`l telefoni uchun bank krediti asosida 4 000 000 so`m to`lov qilgan. Biroq, oradan 10 kun o`tsa ham qo`l telefonlarini ololmayotgani, bu borada tadbirkorga bir necha marotaba murojaat qilsa-da, hech qanday o`zgarish bo`lmagani aytib o`tilgan.

Mazkur murojaat o`rganilishi natijasida, iste`molchiga telefon apparatlari 2 kun ichida etkazib berilishiga erishildi

Shuningdek,  Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro F.Rustamov tomonidan kelgan bo`lib, unda iste`molchi Vobkent tuman Markaziy Bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkordan 3.750.000 so`mga buyurtma asosida oshxona mebellar to`plamini xarid qiladi. Oradan xech qancha vaqt o`tmasidan mebellar nosoz xolatga kelib qoladi. Bu borada bir necha marta tadbirkorga arz qilishiga qaramasdan xech qanday qayta ta`mirlash xizmati ko`rsatilmagan.

Mazkur murojaat o`rganilishi natijasida qisqa muddatda oshxona mebeli ta`mirlab berildi.

    Boshqa yangiliklar