Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda.
“E.A.” xususiy korxonasi rahbari D.T. faoliyati davomida noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, fuqarolarni yillik ustami to`lovi 12 foizni tashkil etuvchiavto kredit berishga qiziqtirib kelganligi ma`lum bo`lgan.
Xususan, korxona rahbari 119 nafar fuqaroni yuqoridagi shart bilan avto kredit berishga ishontirib, ular bilan 4 oy mobaynida tuzilgan shartnomalarga asosan avtomashina narxining 6% miqdorida oldindan to`lov shaklida korxona hisob-raqamiga o`tkazilgan 713,8 mln so`mni o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






