1

Shahrisabzda YPX xodimiga pora bermoqchi bo`lgan haydovchi ushlandi

Jinoyat 11.02.2021, 13:26
Shahrisabzda YPX xodimiga pora bermoqchi bo`lgan haydovchi ushlandi

Joriy yilning 9 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani IIB YHXB YPX xodimi A.Haqberdiev belgilangan taqsimot asosida Shahrisabz tumani, “Duqchi” QFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, “Damas” avtomobilini to`xtatib, haydovchining hujjatlarini tekshirish jarayonida, haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan X.M.ni mastlik holatida gumonlagan va tibbiy ko`rikka taklif etgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Haydovchining mastlik holati tasdiqlangandan so`ng tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma tuzib, avtomobilni vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Fuqaro X.M. tuzilgan bayonnomani bekor qilib, avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX xodimga 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. YPX xodimi haydovchining ushbu taklifini bildirgi orqali viloyat IIB boshlig`i nomiga ma`lum qilib, qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, joriy yilning 10 fevral kuni, Shahrisabz tumani, Shovkan qishlog`ida joylashgan jarima maydonchasida, soat 17:45 larda, fuqaro X.M. YPX xodimi A.Haqberdievga 1.100.000 (bir million bir yuz ming) so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1