AsosiyJamiyat

Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Andijon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rib chiqildi. 

Unda Andijon viloyati Andijon tumani hokimi lavozimiga Egamberdiev Abdujabbor Husanovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Egamberdiev Abdujabbor Husanovich 1974 yilda Baliqchi tumanida tug`ilgan. 1998 yilda Andijon qishloq xo`jaligi institutini kunduzgi bo`limini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yili Andijon viloyati Ulug`nor tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlagan.

2007-2016 yillarda Bo`z, Ulug`nor, Qo`rg`ontepa tumanlari va Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Egamberdiev Abdujabbor Husanovich, Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig`i bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar