AsosiyJamiyat

O`zbekistondan Qozog`istonga muntazam aviareyslar soni ko`paytirilmoqda

'O`zbekistondan Qozog`istonga muntazam aviareyslar soni ko`paytirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston aviasiya ma`muriyatlarining kelishuviga asosan joriy yilning 15 fevralidan boshlab, Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo`nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ikki davlatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda har bir tomondan haftasiga 1 tadan 2 tagacha ko`paytiriladi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo`nalishida haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.  

Shuningdek, mazkur yo`nalishlarda Qozog`istonning “Air Astana” aviakompaniyasi tomonidan ham parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar