AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2023 yildan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig`i bekor qilinadi

'O`zbekistonda 2023 yildan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig`i bekor qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston uyali aloqa xizmatlariniga qo`yilgan aksiz solig`i bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Bu haqda prezidentning 2021 yil 10 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini yanada rivojlantirishga investisiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilab qo`yildi.

Qarorga ko`ra, uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig`i stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 10 foiz etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan esa uyali aloqa xizmatlariga aksiz solig`i solinmaydi.

Ma`lumot o`rnida, ayni paytda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig`i miqdori 15 foiz etib belgilangan.

Boshqa yangiliklar