AsosiyJamiyat

2020 yilda O`zbekistonda 17 mingdan ortiq fuqaro firibgarlarga chuv tushgan

'2020 yilda O`zbekistonda 17 mingdan ortiq fuqaro firibgarlarga chuv tushgan'ning rasmi

2020 yil davomida O`zbekistonda 10 mindan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylangan, ularning 10 mingdan ortig`ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo`lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog`iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Chet elga ishga jo`natish (13,1%), er, uy oldi-sotdisi (13.9%), o`qishga yoki ishga kiritish (9%) kabi va`dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko`p uchraydigan firibgarlik bo`lib qolmoqda.

Hurmatli fuqarolar yuqoridagi ko`rsatkichlarni oshib ketishiga sababchi bo`lib qolmang. Arzon avtomashina yoki uy olish niyatida yillab halol yig`gan pullaringizni aldovlarga uchib o`z qo`lingiz bilan firibgarlar qo`liga topshirib qo`ymang. Qonunga xilof ravishda qing`ir yo`llar bilan nisbatan arzon mulkka egalik qilaman deb jabrlanuvchilar safidan joy olmang.

Sizga tegishli mulklarning oldi-sotdisi bilan bog`liq harakatlarni davlat organlari orqali amalga oshirishingizni so`raymiz.

Firibgarlarning tuzog`iga tushib qolmaslik o`zingizning qo`lingizda!

    Boshqa yangiliklar