O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining buyruqlari bilan vazirlik va oliy ta`lim muassasalaridagi rahbar lavozimlariga malakali mutaxassislar qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ma`lum qildi.
Jumladan:
- Dalimov Farrux Raximdjanovich Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Investisiya loyihalarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga;
- Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich Farg`ona politexnika instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektori lavozimiga;
- Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich Farg`ona davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha prorektori lavozimiga;
- Nabiulina Luiza Maxmudovna Toshkent shahridagi Belarus-O`zbekiston qo`shma tarmoqlararo texnik kvalifikasiyalar instituti ijrochi direktorining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.






