O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 avgustdagi “Bo`stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga Bo`stonliq tumanida aholining turli qatlamlari uchun sayohatlarni uyushtirish choralarini ko`rish bo`yicha vazifalar belgilangan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati yozmoqda.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta`minlash maqsadida "Vsota" mehr-saxovat loyihasi doirasida Sardoba fojeasidan talafot ko`rgan, ijtimoiy ko`makka muhtoj oilalarning farzandlarini ma`naviy qo`llab-quvvatlash maqsadida, ular uchun joriy yilning 12, 19 va 26 fevral kunlari Bo`stonliq tumaniga sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.
Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, “Vsota” mehr-saxovat loyihasi doirasida “Amirsoy tog`- chang`i kurorti” majmuasida 10 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan o`spirin o`g`il-qizlarga chang`i uchish qoidalari o`rgatiladi, jihoz va aslahalar bepul ijaraga beriladi, shuningdek, o`spirinlar kunlik ovqat bilan ta`minlanadi.






