AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari iliq ob-havo bizni hursand qilishda davom etadimi?

'Dam olish kunlari  iliq ob-havo bizni hursand qilishda davom etadimi?'ning rasmi

Sinoptiklar xabariga ko`ra, bugun quruq va juda iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Xorazm viloyatida bulutlilik ko`payishi hisobiga biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Ma`lumotga ko`ra, harorat iqlimiy me`yordan 8-10 darajaga yuqori bo`ladi va 15-20 daraja iliq, janubda 20-25 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Ertaga bulutli massiv janubi-sharq tomonga siljidi, tog` oldi tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, baland tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. 

Mamlakatimizning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko`tarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliq, janubda 23-25 daraja isiydi. Dam olish kunlariga o`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 10-12 darajaga ko`p bo`ladi.

Shuningdek, mutaxassislar dam olish kunlari O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfidan ogohlantirishmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar