AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yilda qancha avtomobil raqami sotilgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda 2020 yilda qancha avtomobil raqami sotilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

2020 yilda birja orqali 100 mingdan ortiq avtomobil raqami sotildi. Bu haqda AOKAda O`zbekiston tovar-xom ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Xabarga ko`ra, yil davomida avtoraqam.uzex.uz veb-saytida shaffof onlayn-auksioni orqali 246,6 mlrd so`mga teng 100 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan. Bitta raqamning o`rtacha bahosi — 2,4 million so`mni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, avtoraqamlar sotuvi son ko`rsatkichida 2,7 barobarga, qiymat bo`yicha 58 foizga oshgan. Bitta bitimning o`rtacha qiymati 2,4 million so`mga teng bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar