AsosiyJamiyat

Ichki ishlar xodimlarining ish haqi 30 foizga, mahallada xizmat o`tovchi xodimlarniki esa 60 foizga oshiriladi

'Ichki ishlar xodimlarining ish haqi 30 foizga, mahallada xizmat o`tovchi xodimlarniki esa 60 foizga oshiriladi'ning rasmi

Bu haqda bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar vazirligi hay`atining kengaytirilgan yig`ilishida ma`lum qildi.

— Ichki ishlar xodimlari tunu kun, har qanday sharoitda el xizmatida, - dedi Prezident. - Bu pandemiya sharoitida, Buxoro va Sardobadagi og`ir kunlarda yaqqol ko`rindi. Boshqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida. Ish haqini belgilashda buni inobatga olish zarur. Shuning uchun, joriy yilda barcha ichki ishlar xodimlari ish haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini ta`minlashga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat o`tovchi xodimlar ish haqi esa 60 foizga oshiriladi, dedi davlat rahbari. 

Mavzuga doir:

"Ularning ishidan xalqimiz norozi!" — Prezident ichki ishlar faoliyatini tanqid qildi

Hamma "kattakon" uchastka noziriga buyruq beradi. O`zi eng katta mehnatkash - profilaktika inspektori — Prezident

    Boshqa yangiliklar