AsosiyJamiyat

Namanganda avtobus eshigiga qisilib, tushib ketgan yo`lovchi vafot etdi

'Namanganda avtobus eshigiga qisilib, tushib ketgan yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 10 fevral kuni soat 09:10 larda, Namangan shahar Sardoba MFY Navoiy ko`chasida ISUZU rusumli avtobusni yo`l varaqasi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi Navoiy ko`chasida joylashgan bekat oldida yo`lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirib, eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo`lovchi, eshikka qisilib qolib, erga yiqilgan.

Natijada, yo`lovchi og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar