O`zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O`RQ–673-son, 12.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra voyaga etmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma`muriy tarzda majburlagan shaxs to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.
(Ilgari ma`muriy jazo qo`llanilgandan so`ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.)
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






