AsosiyJamiyat

Namanganda YTH sabab piyoda vafot etdi

'Namanganda YTH sabab piyoda vafot etdi'ning rasmi

10 fevral kuni soat 12:10 larda, Kosonsoy-Iskovot yo`lining 14 km.da Damas rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning chap tomoniga burilayotib, harakat yo`nalishiga nisbatan yo`lning o`ng tomonida turgan piyoda, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yubordi, deya xabar bermoqda Namangan viloyat IIB Axborot xizmati.

Natijada, piyoda og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar