1

Namanganda bolasini 4700 AQSh dollarga pullayotgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 13.02.2021, 17:53
Namanganda bolasini 4700 AQSh dollarga pullayotgan ayol qo`lga olindi

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir doirasida Uychi tumanida yashovchi 31 yoshli ayol 2020 yil iyun oyida tug`ilgan o`g`il farzandini 4700 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash lozimki, 2020 yilning yanvar oyida kam ta`minlangan oilalar uchun qurilgan ko`p qavatli uydan ushbu ayolga kredit asosida 2-xonali uy berilgan bo`lib, uning boshlang`ich to`lovi davlat hisobidan to`lab berilgan.

Shuningdek, pandemiya davrida uning holidan xabar olinib, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 1 million 800 ming so`m berilgan hamda 3 marotaba (oxirgi marta joriy yilning 3 fevral kuni) oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1