1

Farg`onada “marixuana” giyohvandlik moddasini xonadonida saqlab kelayotgan shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 13.02.2021, 20:15
Farg`onada “marixuana” giyohvandlik moddasini xonadonida saqlab kelayotgan shaxs qo`lga tushdi

Farg`ona viloyati IIB tomonidan 6 fevral kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Bag`dod tumani Zafarobod MFY hududida yashovchi fuqaro J.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

 Holat yuzasidan Bag`dod tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste`mol qilish sog`lig`ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

 Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1