Bugun, 13 fevral kuni soat 19:31 da Yashnobod tumanidagi Aviasozlar 3-tor ko`chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi xabar berdi.
Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 19:37da etib borib, yong`inni soat 20:07 da to`liq bartaraf etgan.
Voqea joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Ofat natijasida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni zararlangan bo`lib, ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan, tan jarohati olganlar yo`q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barchangizdan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishingizni so`raydi.






