AsosiyJamiyat

Messi jahon rekordini yangilagan paytda kiygan butsasi auksionda sotiladi

'Messi jahon rekordini yangilagan paytda kiygan butsasi auksionda sotiladi'ning rasmi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi braziliyalik futbol qiroli Pelening rekordini yangilashda kiygan butsalarini  Kataloniya muzeyiga sovg`a qildi. 

RAC1'ning xabar qilishicha, butsalar 1 oy davomida muzeyda namoyish etiladi, so`ng kimoshdi savdosida sotiladi. Daromad saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolaydigan kasalxonaga beriladi. 

Eslatib o`tamiz, Messi dekabr oyida «Valyadolid» darvozasiga «Barselona»dagi 644-to`pini kiritgan va Pelening bir jamoada urilgan gollar soni bo`yicha rekordini («Santos»da, 643 gol) yangilagan edi.

    Boshqa yangiliklar