Hamyurtimiz, professional bokschi Bektemir Meliqo`ziev AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga qarshi ringga ko`tarildi.
Bokschimizning uchinchi raundda chap qo`lda yo`llagan kuchli zarbasi evaziga raqib erga o`tirib qoldi. Shundan so`ng referi jangni to`xtatdi va Bektemir texnik nokaut evaziga g`alaba qozondi.
Shu tariqa Bektemir Meliqo`ziev professional boksdagi 7-jangida 7-g`alabasiga (6tasi nokaut) erishdi.