Joriy yilning 14 fevral kuni soat 01:00larda navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko`ra, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zargarlik-Qatortol-2 ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan, Toshkent shaxar IIBB YHXB YPX xodimi S.A. boshqaruvidagi YHXBga tegishli bo`lgan "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan O.E. boshqaruvidagi yana bir "Lasetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda.






