AsosiyJamiyat

Bekobodda olov ichida qolgan uydan xonadon egasi qutqarib olindi

'Bekobodda olov ichida qolgan uydan xonadon egasi qutqarib olindi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko`ra, bugun soat 00:23 da Toshkent viloyati Bekobod shahar FV bo`limiga O`zbekiston mahallasi Metallurg ko`chasida joylashgan xonadonlarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Shunga ko`ra, Bekobod shahar FV bo`limidan 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 00:30 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 00:36 da o`rab olinib, 00:46 da  to`liq bartaraf etilgan. 

Ofat natijasida xonadon oshxonasining 15 kv.m maydoni va oshxona jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa jarayonida uy egasi, fuqaro A.V. xonadonning tutun bilan qoplangan xonada qolib ketganligi aniqlangan. 

Tezkor harakatlar natijasida fuqaro hayoti saqlab qolindi va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Fuqaro A.V. sog`lig`iga xech qanday zarar etmaganligi, o`zini yaxshi his qilganligi sababli uyiga jo`natilgan.

Ma`lum qilinishicha, hozirda yong`in kelib chiqish sababi va zarar miqdori o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar