AsosiyJamiyat

Toshkent – Namangan – Andijon yo`nalishida poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Toshkent – Namangan – Andijon yo`nalishida poezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

2021 yil 16 fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur poezdlar haftada ikki marotaba, ya`ni 64-sonli yo`lovchi poezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo`nalishida, 63-sonli yo`lovchi poezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo`nalishida harakatlanadi.  

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar