13 fevral kuni Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg`ona shahrida ko`p qavatli turar joylar o`rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to`xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog`liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi. Bu haqda Qurilish vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi ko`mib tashlanadi, qurilishi yakunlanish bosqichida bo`lgan inshootlarning har birining qonuniyligi bo`yicha shahar prokuraturasi o`rganish olib boradi. Barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt o`rniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi ta`minlanadi. To`xtatilgan qurilishlar o`rniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan er maydoni taklif etiladi.
Moturidiy ko`chasi hududidan oqib o`tuvchi katta ariq ustida insho etilgan ob`ektlar olib tashlanib, suv qirg`og`i bo`ylab velosiped minish hamda sayr qilish uchun ekoyo`lak tashkil etiladigan bo`lgan.






