AsosiyJamiyat

Chiroqchi tumanidagi 73 ta maktabning direktor lavozimi uchun vakant e`lon qilindi

'Chiroqchi tumanidagi 73 ta maktabning direktor lavozimi uchun vakant e`lon qilindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma`lumot berishicha, Chiroqchi tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 8, 9, 10, 17, 18, 23, 25, 26, 30, 31, 32, 35, 37, 38, 39, 41, 44, 49, 51, 53, 56, 63, 66, 68, 72, 76, 78, 79, 80, 87, 88, 89, 91, 93, 95, 96, 98, 100, 101, 104, 107, 108, 109, 119, 120, 121, 122, 123, 124, 127, 128, 129, 138, 140, 142, 145, 146, 147, 149, 151, 152, 154, 155, 156, 159, 161, 166, 167, 169, 172, 177, 185, 188-sonli umumiy o`rta ta`lim maktablariga direktor lavozimi uchun tanlov e`lon qilindi. 

Nomzodlar Xalq ta`limi vazirligining ish.uzedu.uz sayti orqali tanlovda ishtirok etish haqida ariza beradi. 

Direktor lavozimi uchun malaka talablari:

a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma`lumot, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofiserlar (umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun); 

b) xorijiy tillardan birining boshlang`ich bosqichini va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; 

v) umumiy o`rta (boshlang`ich) ta`lim maktablari uchun – ta`lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 2 yil ish staji, 5 yil harbiy staj).

Ariza qabul qilish muddati 2021 yil 28 fevralgacha.

Boshqa yangiliklar