2021 yil 15 fevral kuni soat 15:45da Nukus shahar M.Jumanazarov ko`chasida joylashgan “KARDAR” eshik ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Xabar asosida zudlik bilan 8 ta yong`in o`chirish bo`linmasi safarbar etilib, ular yong`in joyiga soat 15:49 da etib borgan. Yong`in soat 16:39da o`rab olinib, 17:10da to`liq bartaraf etilgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`indan sexning 1500 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in oqibatida ishlab chiqarish sexining 200 kv.metr maydoni yongan. Hodisaning kelib chiqishiga sabab quritish sexida yong`in xavfsizligi qoidalarining buzilishi deb taxmin qilinmoqda va hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.