AsosiyJamiyat

To`dako`l sohilida yirik mavjudot paydo bo`ldimi? Xabarlarga oydinlik kiritildi

'To`dako`l sohilida yirik mavjudot paydo bo`ldimi? Xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

“To`dako`l sohilidan (Navoiy viloyati) yirik mavjudot topildi” mavzusidagi ma`lumot Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o`rganildi.

Xabar ostida qo`yilgan fotosura`t aslida Kamarbaliq yoki Seldlar qiroli deb nomlanadi. Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur baliq Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining issiq, o`rtacha issiq va mo``tadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va O`rta er dengizi havzasida, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Atlantikada – Islandiya suv havzalarida va Shimoliy dengizda 500-700 m, ba`zan 1000 m chuqurliklarda uchraydi. Uning uzunligi 3 metrgacha boradi. 

Fotosura`t esa 2019 yil 9 avgust kuni “Primores rasskazal, kak emu udalos poymat seldyanogo korolya” sarlavxasi ostida qo`yilgan maqoladan olingan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan To`dako`l sohilidagi yirik mavjudot to`g`risidagi axborot o`z tasdig`ini topmadi.

Boshqa yangiliklar