AsosiyJamiyat

O`zbekiston iqtisodiyot assambleyasiga rais saylandi

'O`zbekiston iqtisodiyot assambleyasiga rais saylandi'ning rasmi

2021 yil 10 fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan O`zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasiga «O`zbekiston Eksportchilari» uyushmasi Boshqaruv Kengashi raisi, xalqaro iqtisodchi Muxtor Umarov rais etib saylandi. Bu haqda «O`zbekiston Eksportchilari» uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Umarov Muxtor Mansurxodjaevich 1981 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati - o`zbek, ma`lumoti - oliy.

2002 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini Marketing mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. Shuningdek, 1999 yilda AQShning «International English Institute»ni ingliz tili fani pedagogi mutaxassisligi bo`yicha tugatgan.

M.Umarov o`z mehnat faoliyatini 2001 yilda xususiy tadbirkorlikdan boshlagan, bir necha yillar davomida AQSh da yashab, o`z xususiy biznesiga asos solgan. 2006-2010 yillarda «Chromos Production» MChJ, 2011-2015 yilllarda «Everest Impeks Plyus» ma`suliyati cheklangan jamiyati direktori, 2018-2019 yillarda «Qandolatchilikni rivojlantirish» Assosiasiyasi raisi bo`lib ishlagan.

Boshqa yangiliklar