1

Jalaquduqda o`zini “Kadastr” xodimi deb tanishtirgan firibgar jinoyat ustida qo`lga olindi

Jinoyat 15.02.2021, 19:33
Jalaquduqda o`zini “Kadastr” xodimi deb tanishtirgan firibgar jinoyat ustida qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tuman bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, hech qaerda ishlamaydigan M.K. fuqarolarga o`zini tuman Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi deb tanishtirib, M.A. va uning qo`shnisiga uy-joy qurish uchun “Haqiqat” MFY hududidan har biriga 6 sotixdan, 12 sotix er maydoni olib berishga ishontirib, evaziga 1.300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Jondor tuman bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastr davlat korxonasi Jondor tumani filiali mutaxassisi F.S., fuqaro R.ning ishonchiga kirib, uning 23 sotix er maydonini dehqon xo`jaligi nomiga rasmiylashtirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga, oldindan kelishilgan 400 AQSh dollari hisobidan, 100 AQSh dollari va 2 mln so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1