AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda marixuanani “Spichki”ga yashirgan fuqaro aniqlandi

'Qashqadaryoda marixuanani “Spichki”ga yashirgan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 11 fevral kuni, soat 12:00larda, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Jayhun ko`chasida joylashgan “Poytaxt” choyxonasi yaqinida “Lasetti” rusumli avtomobil tekshirilganda giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, salon qismidan qora rangli selofanga o`ralgan, 4 (to`rt) dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisida bo`lgan, yashil rangli, o`tkir hidli giyohvandlik moddasiga o`xshash o`simlik quritmasi topilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Surishtiruv davomida ushbu o`simlik quritmasi avtomobilning old o`rindig`ida o`tirgan, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan javobgarlikka tortilgan, 1986 yilda tug`ilgan U.O.ga tegishli ekanligi ma`lum bo`lgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, ushbu o`simlik quritmasi tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjudligi va ushbu o`simlik moddasi “Marixuana” deb nomlanishi, og`irligi 12,1 grammni tashkil etishi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 4-sonli IIB TB tomonidan fuqaro U.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar