AsosiyJinoyat

Xorazmda erkak sotuvchini pichoqlab o`ldirdi. Unga nasihat qilgan o`z qarindoshini esa bolg`a bilan urib o`ldirdi

'Xorazmda erkak sotuvchini pichoqlab o`ldirdi. Unga nasihat qilgan o`z qarindoshini esa bolg`a bilan urib o`ldirdi'ning rasmi

Ushbu jirkanch qotillik tafsilotlari haqida Oliy sud Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, hammasi Islom o`zi yashaydigan mahalladagi oziq-ovqat do`koni egasi Faxriddin Quriyozovga 200 AQSh dollari miqdoridagi pulni galdagi xaridlar uchun oldindan to`lov tariqasida bergandan so`ng boshlandi.

2020 yil 2 aprelda kun peshinga oqqan mahal Islom ushbu pul evaziga mol xarid uchun yana do`konga keldi. Do`kon egasi to`­langan pul shu paytgacha qilingan xaridlar uchun xarjlab bo`­lingani, atigi 17 ming 500 so`mlik ha­qi qolganini bildirdi. Ammo qarshi tarafning ham o`z hi­sob-kitobi bor edi.

Aytishicha, xaridning qiymati do`­konga top­shi­rilgan pulga qaraganda ancha oz.

Do`kon sohibi ham bo`sh kelmadi.

Islomning dalil-isbotini tan olmadi. ¤z nav­batida, xa­ri­dorning ta`biga o`tirmaydigan dalil­lar­ni ilgari sur­di. Do`­kon­da­gi tortishuv uzoq cho`zilmadi. Bir chog` Islom kelgan yo`­liga shitob bilan ketdi. U do`kondan 30 qa­damcha naridagi go`sht do`­koniga kirib, qassobdan bir-ikki daqiqaga pichog`ini berib turishini so`radi. Qassob tanishligi bois uning gapini er­da qoldirmadi. Islom pichoqni cho`n­tagiga joylagancha oziq-ovqat­ do`koniga yo`naldi. Ki­ra so­lib, do`­kon egasiga tashlandi.

Pi­choq hash-pash deguncha Faxriddinning chap ko`krak sohasi — qoq yura­giga ikki marta sanchildi. Bu vo­qea do`­kon egasining turmush o`r­tog`i Gulruh Qurbonovaning ko`z o`n­gida ro`y berdi. Dahshatdan ayolning o`takasi yorilayozdi. Bi­roq u tezda o`zini qo`lga olib, olishayotganlarni bir-biridan ajratishga urindi. Bo`l­madi. Bu paytga kelib, pi­choq bilan qilingan ham­la bois ko`kragidan og`ir jarohat olgan Faxriddin jon ho­latda Islombekning qo`­liga yopishdi. Oxirgi kuchini to`p­lab, ra­qi­bi qo`lidagi pi­choq­ni tortib olishga muvaffaq bo`l­di.

Do`­kondagi olishuvdan atrofdagilar xabar topgan bo`l­sa-da, o`rtaga tushishga hech kim­ning yuragi dov bermadi. «Tomosha»ga gu­voh bo`lganlar «Tez yor­dam» hamda ich­ki ishlar bo`limiga xabar be­rishdi. Qilarini qilgan Islom esa, yana iziga qayt­di. Yo`l-yo`­lakay yolg`iz yashayotgan qa­rin­doshi Oybek Quriyozovning uyi­ga kirdi. Unga bir necha da­qiqa muqaddam o`zi sodir etgan dahshatli vo­qea haqida uzuq-yuluq gapirib berdi. Aslida u qa­rindoshi huzuriga xayrixohlik istab borgandi. Ammo uning o`yi chippakka chiqdi.

Oybek qa­rindo­shi­ning qil­­­­­mishini eshitib, g`a­zabi qo`­­zi­di. Uni qattiq jerkidi, sodir qi­lingan xunrezlikni vahshiylik, noinsoniylikka yo`ydi.

Islom shu topda o`zganing o`git-nasihatiga muhtoj emas, aksincha, o`z xatti-harakatining oqla­ni­shini xoh­lardi. Qarindoshining tan­be­hi unga og`ir botdi, o`zini bu erda ham haqoratlangan, kamsitilgandek his et­di. Sanoqli daqiqalar muqaddam do`konda jahl otiga mingan bo`l­sa, qarindoshining dakkisidan so`ng tamomila esidan og`di, ha­qiqiy telbaga aylandi. Shuning uchun Oybekning yuziga qulochkashlab musht tushirdi. Lekin u buni kam bilib, atrofga alangladi, yon­gina­si­dagi temir bolg`aga ko`­zi tushgach, uni tez­­da qo`liga olib, qarindoshiga hez­landi. Bolg`aning zarbi ojiz ahvoldagi Oybekning boshiga bir emas, bir necha marta yog`ildi. Xonadon egasi iz­ma-iz berilgan zarbalar zabtidan erga gursillab qu­ladi. Bir necha daqiqa o`tgach esa, shu erning o`zida jon taslim qildi.

Bu orada Islomning pichoq zarbidan qattiq shi­kast­langan yana bir jabrdiyda — do`kondor F. Quriyozov ka­salxonada vafot etdi. Bir yo`­la ikki qotillik, hayoti be­­­­mavrid so`n­gan ikki nafar beayb, begunoh insonning ayanchli qismati…

Bunday mudhish qilmishni oq­lash yoki xas­po`sh­lashning imkoni yo`q. Inson hayoti va sog`­li­gi­ga qi­lingan tajovuzni hech narsa bilan oqlab bo`lmaydi.

Islom sudda o`zi sodir et­gan qotilliklarni oq­lash, izohlashga arzirli biron-bir jo`yali da­lil keltirolmadi. Turgan gapki, aybini ham xas­po`shlay olmadi, iqrorlik bildirdi, pushaymonligini bayon etdi.

Sud muhokamasida ishtirok etgan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari G. Qurbonova, U. Quriyozov, guvoh O. Qurbonov, B. Masharipov, N. Sultonova, Sh. Ozodov ham ro`y bergan mash`um­ jinoiy qilmishning barcha tafsilotlarini ochiq-oydin bayon etishdi. Ayb­lanuvchining xatti-ha­rakatini oq­lay­digan dalillar bu jarayonda ham topilmadi. Uni qo­ralay­di­gan da­lil va holatlar esa, uqtirilganidek, nihoyatda ko`p va ularning bari ushbu jinoiy hodisaga oid ayblov xulosasida ham o`z ifodasini topdi.

Tergov organi tumanning Mirishkor qishlog`i «Ma`­na­viyat»­ mahallasida ro`y bergan mudhish qotillikni Jinoyat kodeksining qasddan odam o`ldirishga taalluqli 97-moddasi 2-qis­mi «v», «g», «j», «l», «o», «r» bandlari bo`­­­­­­­­­yicha malakaladi. Sud ushbu ayblarning barini tarozuga soldi. Taqdim etilgan fakt va da­lillarni o`rganish chog`i ushbu ko­deks­ning 97-moddasi 2-qismi «j», «r» bandlari ayb­­­­­­lanuvchiga nisbatan to`g`­ri tadbiq qilinganini e`­tirof etdi. Bi­roq ushbu qismning «v», «g», «l», «o» bandla­ri yuza­­si­dan qo`yilgan ayblar ha­qiqiy holatni to`la-to`kis aks ettirmaydi. Chunonchi, ayb­dorga ayon bo`lgan ojiz ahvoldagi odamni o`l­di­rish, o`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yashashdan mahrum etish, bezorilik yo`li bilan joniga suiqasd qilish, boshqa bir ji­noyat­ni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish niya­ti­da hayo­tiga tajovuz qilish holatlari I. Abdullaev tomonidan amalga oshirilgan qo­tillik harakatida mavjud emas. Sud zikr etilgan ana shu band­lar bo`yicha qo`yilgan ayb­larni tan olmadi.

Sud ashaddiy jinoyatchi Is­lom Abdullaevni qilmishiga yarasha uzoq muddat — 20 yilga ozodlikdan mahrum etish yuzasidan o`z huk­­mini chiqardi. 

    Boshqa yangiliklar