1

Navoiyda yigit uylanishni va`da qilib, qizning taqinchoqlari va pullarini o`g`irlab ketdi

Jinoyat 19.02.2021, 10:04
Navoiyda yigit uylanishni va`da qilib, qizning taqinchoqlari va pullarini o`g`irlab ketdi

 2021 yilning 14 yanvar kuni soat 11:30larda Navoiy viloyati Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga 21 yoshli Jasurbek T., harbiy ust-bosh kiyimda kelib, hamshira bo`lib ishlovchi 24 yoshli Nilufar N., bilan yaqindan tanishib, unga uylanishini lekin onasi og`ir betob bo`lib, jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi uchun pul kerakligini, pullarini 3 kun ichida qaytarib olib kelib berishini va`da qilib, unga tegishli jami narxi 4 950 000 so`mlik tilla-taqinchoqlarini va hisobida 510 ming so`m puli bo`lgan plastik kartasini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, bergan va`dasini bajarmasdan hodisa sodir bo`lgan joydan yashiringan. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi  tomonidan Jasurbek T., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov davomida Jasurbek T., muqaddam firibgarlik va o`g`irlik jinoyatlari uchun sudlanib, hech qaerda ishlamasligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1