AsosiyJinoyat

MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2019 yil oktyabr oyidan 2020 yilning sentyabr oyiga qadar, Toshkent shahrida joylashgan “BITSIMPLEX” MChJning Samarqand filiali xodimlari fuqarolarga bir yil mobaynida pullarini ko`paytirib olishlarini aytib, ularni ishontirib, jamiyatning ofisida fuqarolarning har biridan 500 AQSh dollaridan 22.250 AQSh dollarigacha bo`lgan pul mablag`larini shartnoma asosida investisiya tariqasida qabul qilib, 2020 yilning sentyabr oyiga qadar jalb qilingan pullardan, daromad tariqasida 2,5 foizdan 4 foizgacha pul mablag`larini berib kelib, keyinchalik olgan pul mablag`larini qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan. IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.  

Xabarda aytilishicha, o`z navbatida aldanib qolgan fuqarolarning arizalariga asosan, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan “BITSIMPLEX” MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jabrlangan fuqarolarning doirasi va ularga etkazilgan zararni qoplashga qaratilgan tergov xaraktlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar engil daromad olish yoki tez boyib ketish maqsadida, o`zingizni misqollab topgan pul mablag`laringizni firibgarlarni va`dalariga ishonib topshirib qo`ymang.

Boshqa yangiliklar