Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 110 million 749 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 455 mingdan ziyod kishi vafot etgan (21.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:21 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 359 488 yangi holati aniqlandi, 9 075 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (22.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:24 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 111 million 351 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 466 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 27,702 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,991 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (10,081 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,164 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,105 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 73 240, Hindistonda 14 264, Braziliyada 51 050, Rossiyada 12 742, Buyuk Britaniyada esa 10 406 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.