AQShda koronavirusga chalinganlar soni 28,7 million, vafot etganlar soni esa 500 mingdan oshdi. 41 milliondan ziyod aholi vaksinaning kamida birinchi dozasini qabul qilgan. Bu haqda Amerika ovozi xabar bermoqda.
AQShdan keyin esa Hindiston, Braziliya, Rossiya, Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya oldingi qatorlarda ketmoqda. Evropada mutaxassislar va rasmiylar emlanish jarayoni sekin ketayotganidan xavotirda. Aholi vaksina olishni istamayapti. Kishilar o`rtasida vaksinalarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati mavjud.
Britaniyaning “Telegraf” nashriga ko`ra, shu paytgacha Evropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlar aholisining atigi 3,2 foizigina emlangan.
Hozirgacha dunyo bo`ylab 112 million aholi COVID-19 bilan kasallandi. 2,4 bemor vafot etdi.