AsosiyJinoyat

Surxondaryodagi ommaviy janjalda 3 kishi pichoqlangani bo`yicha ma`lumot berildi. Pichoqbozlikka ayol sabab bo`lgan

'Surxondaryodagi ommaviy janjalda 3 kishi pichoqlangani bo`yicha ma`lumot berildi. Pichoqbozlikka ayol sabab bo`lgan'ning rasmi

2021 yilning 10 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda 3 ta zo`ravon bir necha kishini pichoqlab va yana bir qanchasini do`pposlagani tasvirga olingan video tarqalgan edi. 

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha,  voqea 10 fevral kuni soat 14:30larda Sariosiyo tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi 29 yoshli Rajaboy M., ning oldiga sobiq turmush o`rtog`i 29 yoshli Marhabo M., ning ukasi 18 yoshli Olloberdi T., va tanishi 17 yoshli Mustafo R.,lar opasiga tegishli bo`lgan uyali telefon apparatini olib qo`yganligining sababini bilish maqsadida kelganida sodir bo`lgan. 

Rajaboy ularning yonidagi yog`och tayoq (bita) ni ko`rib qolib, akasi 37 yoshli Farxod M., hamda qarindoshi 31 yoshli Murodali H.,lar bilan birgalikda qo`llaridagi tayoqlari bilan Olloberdi T., va tanishi Mustafo R.,larga tan jarohati etkazishgan vaqtlarida, Olloberdi T., doimiy ravishda yonida olib yuradigan chopqi pichog`i bilan Farhod M.,ning ko`krak o`ng old sohasi, Rajaboy M.,ning chap kurak pastki qirg`og`iga va Murodali H.,ning o`ng pastki qovoq sohasiga jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, Rajaboy M., turmush o`rtog`i Marhabo M., bilan norasmiy ajrashganliklari aniqlangan. Marhabo M., turmush o`rtog`ini rashk qilib, u ishlaydigan dorixonaga borib janjal qilib, dorixonaning oynasini urib sindiradi. Shu sababli, Rajaboy M., dorixonaga etkazilgan zararni qoplab bersagina, uyali telefon apparatini qaytarib berish sharti bilan olib qo`yganligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Olloberdi T.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda Rajaboy M., Murodali H., Farhod M., lar olgan tan jarohatlari  tufayli shifoxonaga yotqizilgan va ularga nisbatan  sud tibbiy  ekspertizasi  tayinlangan.

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida yog`och tayoq (bita) va chopqi pichoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va janjalning boshqa ishtirokchilarining xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar