Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i, general-mayor Aziz Toshpo`latov bilan jurnalistlar uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda poytaxtda sodir etilgan jinoyatlar va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so`z yuritildi.
Ma`lum qilinishicha, tahlillar keyingi yillarda firibgarlik va o`g`irlik bilan bog`liq jinoyatlar soni oshganini ko`rsatmoqda. Shuningdek, eng ko`p jinoyat keldi-ketdi ko`p joylarda, bozorlar, umuman aholi gavjum hududlarda sodir etilar ekan.
Masalan, Chilonzor tumanining “Beshqo`rg`on”, Bektemir tumanining “Nurafshon” mahallasida yoki “Chilonzor” metrosiga yaqin joylashgan mahallalarda jinoyatlar nisbatan ko`p kuzatiladi.
Jinoyatlar fosh etishda shahar bo`ylab o`rnatilgan videokuzatuv kameralarining ham alohida o`rni bor. Bugungi kunda Toshkent shahrida jami 92 mingta kamera ishlab turibdi. Hozircha ular tarqoq holda ishlamoqda. Yaqin kelajakda maxsus bino qurilib, ularni yagona tizimga birlashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga doir:
Toshkentning 72 ta mahallasida jinoyatlar soni oshgan — Aziz Toshpo`latov






