AsosiyJinoyat

Samarqandda qimorxona faoliyati fosh etildi

'Samarqandda qimorxona faoliyati fosh etildi'ning rasmi

"Zarbdor oyligi" tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, 2021 yil 23 fevral kuni qimorxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Tadbir davomida, Pastdarg`om tumani “To`rttom” mahallasida yashovchi,1984 yilda tug`ilgan, M.D. o`zining yashash xonadonida 9 nafar tanishlari uchun tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yinini tashkil qilganligi aniqlanib, 1 million 436 ming so`m pullar va 1 (bir) dona karta xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar