2020 yilning 06 yanvar kunidan 2020 yilning noyabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, 26 yoshli Parviz X. o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasida joylashgan yoqilg`i quyish shahobchasi oldida tanishlari 39 yoshli Anvar P. va 48 yoshli Ulug`bek A.larga go`yoki o`zini “e-auksion”da ishlashi aytadi Shuningdek, tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan xatlangan va auksionda o`ynaladigan avtomashina, er, do`konlarni olib berishini va`da qilib, Anvar P.dan 55 000 AQSh dollar va Ulug`bek A.dan 1.000 AQSh dollar pul mablag`larini olib bergan va`dasini bajarmagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Parviz X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda Parviz X.ni ushlash choralari ko`rilmoqda, tergov harakatlari davom etmoqda.






