23 fevral kuni, Uychi tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib o`zini chuv tushirgan firibgar ustidan shikoyat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2019 yil iyul oyida shu tumanda yashovchi fuqaro uning ishonchiga kirib, molxonasidan 3 bosh mollarini 50.000.000 so`mga sotib olishga kelishib, pullarni 10 kun muddatda berishini aytib, mollarni olib ketib, pullarini o`z vaqtida bermay, oradan bir qancha vaqt o`tib, Qozog`iston Respublikasidan zotli qora mollarni olib kelib berishini aytib, aldab, undan yana 2.000 AQSh dollarini olib ketib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






