Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboev prezidentlikka nomzodini qo`yishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u o`zining Telegram’dagi kanalida ma`lum qildi.
“Menda bunaqa niyat yo`q. Buni besh yoki oltinchi marta aytyapman. Birinchidan, bunga xohish yo`q. Ikkinchidan, yoshim etmaydi. Uchinchidan, buning uchun insonda uzoq yillik mehnat tajribasi, salohiyat va bilim bo`lishi kerak.
Buguni kunda men haqimda yurtdoshlarimizda ijobiy fikr paydo bo`lgan bo`lsa, men bularni amaldagi davlat rahbarining olib borayotgan siyosati, deputatlarga qaratayotgan e`tibori va ochiqlik uchun yaratib bergan sharoitining natijasi, deb bilaman. Bugungi kunda Prezidentimizni bu yo`lda to`liq qo`llab-quvvatlayman.
Shuning uchun ko`pchilikka eslatma sifatida aytmoqchi edimki, menda bunday xohish va fikrlar yo`q. Men O`zbekistonning farovonligi va rivoji yo`lida Prezident tomonidan qnday islohotlar olib borilayotgan bo`lsa, mana shu islohotlarning faol ijrochisi, uning natijasi yo`lida o`zimning mehnatimni sarflayman, degan maqsad bilan yashayapman va shu yo`lda harakat qilyapman”, deydi Kusherboev.