AsosiyJinoyat

Turkiya davlatidan ish topib berishni va`da qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Turkiya davlatidan ish topib berishni va`da qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2019 yilning 24 dekabr kuni Saylgoh ko`chasida joylashgan MChJ rahbari Q.J. fuqaro N.I.ning ishonchiga kirib, 2.200.000 so`m evaziga Turkiya davlatidan ish topib jo`natishini aytib, pullarni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`linmi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.  


 

    Boshqa yangiliklar